Aprel, may va iyun oyi kitobxonlari aniqlandi
Aprel oyida har kuni qo’shimcha arabiy kitobdan o’n uch betni o’qish belgilangan edi. Bu shartni to’liq uzluksiz bajarishga bir nafar talaba ya’ni Mahmudov Islomjon muvaffaq bo’ldi. Shu sababli bu talaba g’oliblikni qo’lga kiritdi. Bu yo’nalishda kuchli uchlik quyidagicha:
- Mahmudov Islomxon No’’monjon o’g’li 2-kurs 45-guruh
- Yuldashev Muslimbek 2-kurs 47-guruh
- Karimov Kamoliddin 1-kurs 49-guruh
Qolaversa, eng ko’p kitob mutolaa qilish musobaqasi ham juda murosasiz tarzda o’tib, unda birinchi kursdan tortib to to’rtinchi kursgacha ko’plab talabalar ishtirok etishdi. Unda Karimov Kamoliddin hammadan ko’p kitob mutolaa qilib, bu borada g’oliblikni qo’lga kiritdi. Bu yo’nalishda kuchli uchlik quyidagicha:
- Karimov Kamoliddin 1-kurs 49-guruh
- Jabaraliev Sardorbek 2-kurs 45-guruh
- Yuldashev Muslimbek 2-kurs 47-guruh
May oyida har kuni qo’shimcha arabiy kitobdan o’n to’rt betni o’qish belgilangan edi. Bu shartni to’liq uzluksiz bajarishga birorta talaba erisha olmagan bo’lsada Mahmudov Islomjon eng yuqori natijani ko’rsatdi. Shu sababli bu talaba g’oliblikni qo’lga kiritdi. Bu yo’nalishda kuchli uchlik quyidagicha:
- Mahmudov Islomxon No’’monjon o’g’li 2-kurs 45-guruh
- Jabaraliev Sardorbek 2-kurs 45-guruh
- Soliyev Doniyor 2-kurs 46-guruh
Qolaversa, eng ko’p kitob mutolaa qilish musobaqasi ham juda murosasiz tarzda o’tib, unda Jabaraliev Sardorbek hammadan ko’p kitob mutolaa qilib, bu borada g’oliblikni qo’lga kiritdi.
Iyun oyida esa har kuni qo’shimcha arabiy kitobdan o’n besh betni o’qish belgilangan edi. Bu shartni to’liq uzluksiz bajarishni hech kim uddalay olmadi. Bu borada g’oliblikni O’rinboyev Abdurahmon qo’lga kiritdi. Bu yo’nalishda kuchli uchlik quyidagicha:
- O’rinboyev Abdurahmon 1-kurs 48-guruh
- Jabaraliev Sardorbek 2-kurs 45-guruh
- Soliyev Doniyor 2-kurs 46-guruh
Eng ko’p kitob mutolaa qilish musobaqasida ham O’rinboyev Abdurahmon g’oliblikni qo’lga kiritdi. Bu yo’nalishda kuchlilar quyidagicha:
- O’rinboyev Abdurahmon 1-kurs 48-guruh
- Jabaraliev Sardorbek 2-kurs 45-guruh
Har ikki yo’nalishda g’olib bo’lgan barcha talabalar bilim yurti rahbariyati tomonidan moddiy mukofot bilan taqdirlanadilar. Musobaqa keyingi oyda ham davom etadi.
Shodiev Yusufxon
“Hidoya” o’rta maxsus
islom bilim yurti o’qituvchisi