“Yil kitobxoni” taqdirlandi
Sir emaski kitob inson ma’naviyatini yuksaltiruvchi eng katta omildir. Shu sababli doimo mutolaa bilan mashg’ul bo’lish kishida ulkan foydalar sari yo’l ochadi. Natijada fikri teranlashadi, dunyoqarashi kengayadi. Bunga davlat siyosati darajasida bo’lgan e’tibor, inson zavqini yanada oshiradi.
Prezidentimizning “Yoshlarni kitob bilan hamnafas bo’lib yashashi” ga undashlari kelajak sari qo’yilgan muhim qadamdir.
O’zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining 2020 – 2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo’llab quvvatlash milliy dasturi hamda “Yoshlar bo’sh vaqtini kitob bilan band qilish” maqsadida O’zbekiston Musulmonlari idorasi “Hidoya” o’rta maxsus bilim yurtida 2021-2022-o’quv yili oktyabr-iyun oylarida barcha talabalar “oy kitobxoni” tanlovi o’tkazildi.
Musobaqa shartlariga ko’ra har kuni darslikdan tashqari belgilangan miqdorda qo’shimcha arabiy kitob o’qish vazifa qilib belgilandi. G’oliblarni aniqlash maqsadida bilim yurti tomonidan maxsus hay’at tuzilib har oy g’oliblar aniqlanib taqdirlab borildi. Yil oxirida umumiy natijalar hisoblanga hammadan yuqori natijani qayd etgan xozirda 45-guruh 3-kursda tahsil olayotgan Jabaraliev Sardorbek faxrli 1-o’rinni egallab g’oliblikni qo’lga kiritdi.
Jabaraliev Sardorbek yil davomida Muhammad Aliy Sobuniyning “Min kunuzis sunnati”, Imom Zarnujiyning- “Ta’liymul mutaallim”, Abul Hasan Nadaviyning-“Qisosun nabiyyin”, Yaxyo ibn Abdurazzoq al-G’avsoniyning-“Kayfa tuhfatul qur’anul karim”, doktor Abdurrohman Rafat Poshoning-“Sunar min hayotis sahobiyyot”, Imom Zahabiyning-“Min kunuzis sunna”, Imom Navaviyning-“At-tibyon fiy a’daabi hamalatil qur’an”, Shayx Muqbil al-Hadiyning-“Al-mumte’ fiy sharhil ajrumiyya”, doktor Abdulaziz ibn Aliy al-Harbiyning-“Aysarush shuruhi a’la matnil ajrumiyya”, Ahmad ibn Xoliyl Ayyubiyning-“Arbauna hadiysan fiy fadoilil qur’an”, doktor Anas Karzuviyning-“Odobu tolibi ilm”, Homid Ahmad Tohirning-“Qisosul anbiyo lil atfol”, Abul Hasan Nadaviyning-“Qisos minat tariyxil islamiyya lil atfal”, Imom G’azzoliyning-“Mukoshafatul qulub”, Shurunbuloliyning-“Nurul izoh”, “Siyratu xotamin nabiyyin”, “Qiymatuz zaman indal ulamo”, “Vofiy fiy sharhi arbain”, “Sharhu qotrun nada va ballis soda”, “Muxtasar fil fiqhiy hanafiy”, “Hidayatun nahv”, “An-nahvut tatbiqiy”, “Nuzhatul muttaqin sharhu riyozis solihin”, “Al-arobiyyatu jaamiud durus”, “Hidayatun nashiin” kabi 30 ga yaqin kitobni tamomlab, jami 5505 bet kitob o’qidi.
Yangi 2022-2023-o’quv yili boshida Jabaraliev Sardorbek bilim yurti tomonidan martov yorlig’i va bir million so’m pul mukofoti bilan taqdirlandi. Musobaqa bu o’quv yiida ham davom etadi.
Yusufxon Shodiev
“Hidoya” o’rta maxsus islom
bilim yurti o’qituvchisi