“Ajdodlar merosini o‘rganish”
“Hidoya” o‘rta maxsus islom bilim yurtida muhtaram Prezidentimizning yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha ilgari surgan beshta muhim tashabbus ijrosi hamda 2022-2023 o‘quv yilida talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar samaradorligini yanada oshirishga yo‘naltirilgan “Ma’naviy – ma’rifiy” tadbirlar rejasining 3-bandiga va 2022-yil davomida “Yoshlar bilan amalga oshiriladigan diniy-ma’rifiy, axborot va tashkiliy ishlar” tadbirlar rejasining 2-bandiga muvofiq bilim yurti talabalari joriy yil 27-sentyabr kuni soat 14:00 da “Ajdodlar merosini o‘rganish” mavzusida yoshlar ittifoqi bilim yurti etakchisi Abrorxo‘ja Rashidov, bilim yuri tarbiyachisi Oltinbayev Rahmatulloh va bilim yurti 1-bosqich talabalari (51-52-53-guruh) hamda guruh rahbarlari ishtirokida sayohat tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Sayohatning bugungi manzili – Namangan viloyati CHortoq tumanida joylashgan “Baliqli-ko‘l” hamda “Sulton Uvays Qaroniy” majmuasi bilan tanishishdan boshlandi. Majmuada talabalarga “Sulton Uvays Qaroniy” masjidi imom xatibi Mavlonov Bahodir tomonidan tobe’inlardan bo‘lgan ulug‘ va fazilatli alloma Uvays Qaroniy hayoti va faoliyati, uning ezgu ish va amallarii haqida tarixiy manbalar asosida batafsil tushuncha berildi.
Bundan tashqari talabalar majmua tarkibidagi muzey va muzeydagi “Qur’on karim” kitobi hamda eski qo‘lyozmalar bilan yaqindan tanishtirildi. Majmua bilan tanishish jarayonida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga “Uvays Qaroniy” masjidi imom xatibi Mavlonov Bahodir tomonidan javob olishdi.
SHuningdek, talabalar Prezidentimz SH.Mirziyoevning tashabbusalri bilan qayta ta’mirlab foydalanishga topshirilgan “Sulton Uvays Qaroniy”ning maqbaralarini ziyorat qildilar. Maqbarani ziyorati jarayonida talabalar tomonidan Qur’oni karim tilovat qilinib, ushbu dargohdan o‘tgan barcha insonlar va majmuani obod bo‘lishiga xizmat qilgan mutasaddilarni haqilariga duo xayr qilindi.
“Hidoya” o‘rta maxsus islom bilim yurtida ma’naviy va ma’rifiy ruhdagi bunday tadbirlarning tez-tez o‘tkazilib turilishi talabalarning o‘tmish tariximizni yaxshiroq o‘rganishi, hozirgi oydin hayotimizga shukronalik hamda buyuk kelajagimizga ishonch tuyg‘ularining shakllanishiga asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
Bilim yurti matbuot xizmati