Яратилиш санаси 17.11.2022

Kitoblar taqdimoti

Joriy yil 17 noyabr kuni Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida O‘zbekiston musulmonlari idorasi  raisi muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarovning “Islomda Vatan tushunchasi”, “Tasadduq yo Rasululloh”, “Haj buyuk ibodatdur”, “Ixlos amallar ziynati”, “Umra buyuk ibodatdir” kitoblarining zoom platformasi orqali taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda “Hidoya” o‘rta maxsus islom bilim yurti o‘qituvchilar  va talabalar ishtirok etdilar. 

Tadbirni O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom inistituti rektori U.G‘ofurov  ochdi va olib bordi. 

Tadbir Qur’oni karim tilovati bilan boshlandi. 

 

Taqdimot tadbirida so‘z olgan barcha notiqlar O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari X.Ishmatbekov, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom inistituti siyrat fani o‘qituvchisi A. Ziyoviddinov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi fatvo bo‘limi direktor o‘rinbosari G‘. Xolboev, Xorazm viloyati “Faxriddin ar-Roziy” o‘rta maxsus islom bilim yurti mudiri  D. Abduqodirov. Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom inistituti fiqx fani o‘qituvchisi YA. Razzaqovlar Payg‘am­barimiz sollallohu alayhi va sallam siyratlarini yurtdoshlarimizga ravon, sodda va ta’sirchan tarzda etkazish maqsadida muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov “Tasadduq, yo Rasululloh!” nomli kitobini ta’lif etdi. Unda Nabiy alayhicsalomning tu­g‘ilganlaridan to Rafiqul a’loga ko‘ta­rilgan kunlariga qadar Islom tarixida chuqur iz qoldirgan voqealar keltirilgan.

Albatta, u zot  ning hayotlari va inso­niyatga bergan manfaatlari jild-jild ­kitoblarga sig‘masligi tayin. SHunday bo‘lsa-da, mazkur nashrda Mustafo sollal­lohu alayhi va sallam hayotidagi eng muhim lavhalar qamrab olingan. Uni o‘quvchi ravon tiliga va voqealar ketma-ketligiga berilib, bir nafasda mutolaa qilib, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam bilan birga yurgandek bo‘ladi.

Ayniqsa, kitob boshida u zotning dunyo­ga kelishlari va bolalik chog‘laridagi vo­qealar qalbingizni yorishtirib, Rasulul­loh alay­hissalom bilan bog‘liq ilohiy mo‘‘jizalar bilan tanishtirganligini aytib o‘tdilar.

Taqdimot davomida muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarovning “Islomda Vatan tushunchasi”, “Haj buyuk ibodatdur”, “Ixlos amallar ziynati”, “Umra buyuk ibodatdir” kitoblarlari xam taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

So‘zga chiqqan barcha notiqlar yuqorida taqdimot qilingan kitoblar to‘g‘risida o‘z fikr muloxazalarini bildirib o‘tdilar.

Taqdimot davomida ishtirokchilar asar yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan mazmunli javoblar oldilar. 

Tadbir ko‘tarinkilik ruhida o‘tdi va ishtirokchilarda ajdodlar merosini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada jonlantirdi. 

Bilim yurti matbuot xizmati

Изоҳ қолдириш

Изоҳлар