8-dekabr O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kun
Bilim yurtining 2022-2023 o‘quv yilida “Umuminsoniy va milliy qadriyatlarni, shuningdek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy va siyosiy islohotlar mohiyatini targ‘ib etish bo‘yicha turli soha vakillarini talabalar bilan uchrashuvlarni tashkil etish rejasi” ga muvofiq hamda O‘zbekiton Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi bayrami munosabati bilan tuzilgan rejaga muvofiq joriy yil 6 dekabr kuni “Qonun ustuvorligini ta’minlash va inson manfaatlarini himoya qilish – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovidir” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Unda o‘qituvchi va talabalar ishtirok etdilar.
Tashkil etilgan davra suhbatiga bilim yurti huquqshunosi Tadjialiyev Toxirjonni taklif etildi.
Suhbatni bilim yurti Yoshlar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat bo’lim boshlig’i Rivojiddin Nasritdinov ochdi va ishtirokchilarga tashkil etilgan davra suhbatiga taklif etilgan mehmon bilan tanishtirdi va kun tartibidagi masala yuzasidan batafsil ma’lumot berish uchun so‘zi mehmonga berdi.
Notiq o‘z so‘zida ishtirokchilarga “Qonun ustuvorligini ta’minlash va inson manfaatlarini himoya qilish – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovidir” yuzasidan to‘xtalib, batafsil ma’lumotlar berib o‘tdi.
Davra suhbati yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan mazmunli javoblar oldilar.
Bilim yurti o‘quv binosi kiraverish qismiga Konstitutsiya bayramini aks etirib turuvchi (0.60x3,50) banner o‘rnatildi.
Bilim yurti matbuot xizmati