Яратилиш санаси 09.02.2023

Bilim yurtida tadbir boʻlib oʻtdi

Zaminimizdan ko‘plab mutafakkir olimlar, shoirlar va jahongashta sarkardalar etishib chiqqan. Ulug‘ ajdodlarimizning hayotlarini haqqoniy tanishtirish bugungi globallashuv davrida yosh avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, mumtoz adabiyotimizni asl holida tiklash va ularga etkazish adabiyot sohasi mutaxassislari oldida turgan dolzarb masalalardan bo‘lib turgani hech kimga sir emas. Buyuk o‘zbek shoirlari va mutafakkirlari hisoblangan Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning o‘lmas asarlari mana, bir necha asrlardan buyon halqimizning ma’naviy ehtiyojini qondirib kelmoqda. Mazkur shoirlarning asarlariga bo‘lgan talab va ehtiyoj biror asrda ham kam bo‘lmagan. Bu to‘g‘risida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev ham 2023 yil 25-yanvardagi PQ-20-sonli “Buyuk shoir va olim, mashhur davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligini keng nishonlash to‘g‘risidagi” farmonlari e’lon qilindi. Ana shu farmonning ijrosi o‘laroq “9-fevral O‘zbek mumtoz adabiyotining buyuk mutafakkir shoiri Alisher Navoiyning  tavalludining 582 yilligi  va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligini munosabati bilan tuzilgan rejaga muvofiq joriy yil 9-fevral kuni tadbir o‘tkazildi. Unda o‘qituvchi  va  talabalari ishtirok etdilar.  

 

Tadbirga Namangan Davlat Universiteti filalogiya fanlar nomzodi adabiyotshunos olim  Karimov Obidxon tashrif  buyurdi. 
Tadbirni bilim yurti  YOshlar bilan ishlash,ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i R.Nasritdinov ochib, mutafakkir yurtdoshlarimiz haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tib, kun tartibidagi masala yuzasidan ma’lumot berish uchun so‘zni mehmon Karimov Obidxonga berdi. 

Notiq o‘z so‘zida ishtirokchilarga “O‘zbek mumtoz adabiyotining buyuk mutafakkir shoiri Alisher Navoiyning tavalludining 582 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligini munosabati bilan mutafakkirlarning hayot va ijodlari hamda shoirlarning dinimiz yo‘lida qilgan xizmati   to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tdi. 
Tadbir yakunida  ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan mazmunli javoblar oldilar. 
Tadbirni bilim yurti sayti  hidoya.uz  da yoritib berildi.
 

 

Bilim yurti matbuot xizmati 

Изоҳ қолдириш

Изоҳлар