Яратилиш санаси 14.02.2023

Ajdodlar merosini oʻrganish

Buyuk shoir va olim, mashhur davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Boburning o‘lmas asarlari mana, bir necha asrlardan buyon halqimizning ma’naviy ehtiyojini qondirib kelmoqda. Mazkur shoirning asarlariga bo‘lgan talab va ehtiyoj biror asrda ham kam bo‘lmagan. Bu to‘g‘risida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev ham 2023 yil 25-yanvardagi PQ-20-sonli “Buyuk shoir va olim, mashhur davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligini keng nishonlash to‘g‘risidagi” farmonlari e’lon qilindi. Ana shu farmonning ijrosi o‘laroq 13-fevral kuni dars mashg‘ulotlaridan so‘ng soat 14:00da “Ajdodlar merosini o‘rganish” mavzusida bilim yurtining 1-kurs (51-52-53-guruh) talabalari,  bilim yurti mudir A. Bobamirzaev hamda guruh rahbarlari boshchiligida sayohat tadbiri tashkil etildi. 

Sayohat manzili Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida joylashgan “Axsikent” arxialogik ochiq osmon ostidagi muzeyi bo‘ldi.

Muzey ziyorati asnosida Zaxiriddin Muhammadbobur bobomizning xalq tinchligi yo‘lida qilgan xizmatlari va chekkan zahmatlari hamda hayotlari davomida ijodlari to‘g‘risida ma’lumotlarga  ega bo‘ldilar. 

 

Muzey ziyorati jarayonida talabalar tomonidan Qur’oni karim tilovat qilinib, ushbu dargohdan o‘tgan barcha insonlar va majmuani obod bo‘lishiga xizmat qilgan mutasaddilar haqqiga duoyi xayr qilindi. Ziyorat jarayonida o‘tgan ajdodlarimizning ulkan tarixini o‘rganish bilan bir qatorda, ularning hayotlaridan ko‘plab ibrat va namunalar oldilar. 

Bilim yurtida ma’naviy va ma’rifiy ruhda tashkil etilayotgan bunday tadbirlarning tez-tez o‘tkazilib turilishi talabalarning o‘tmish tariximizni yanada yaxshiroq o‘rganishi, hozirgi oydin hayotimizga shukronalik  hamda buyuk kelajagimizga ishonch tuyg‘ularining shakllanishiga asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Bilim yurti matbuot xizmati