Яратилиш санаси 09.03.2023

Yoshlarni internet xurujidan himoya qilish kunning dolzarb mavzusi

Vatan kelajagi, inson baxt-saodati uchun qaygurar ekanmiz, yoshlar tarbiyasini izdan chiqaruvchi yot ta’sirlardan yoshlarni himoyalash, axborot tahdidlariga qarshi tura oladigan ma’naviy kuch hosil qilish – suv va havodek zarur. 

Internetni cheklash, yopib qoyish yoki axborot olishni taqiqlash bilan muammolar hal bolib qolmaydi. Yoshlarga milliy va diniy ogitlar asosida gozal tarbiya berish orqaligina muammolarga yechim topish mumkin. Shuningdek, yosh avlodni internetda dinni niqob qilish orqali turli xavf-xatar va tahdidlardan himoyalashda quyidagilarga ahamiyat berishimiz kerak: 

Oz maqsadlari yolida hech narsadan tap tortmaydigan kimsalarning qilmishlariga, hatto ularning Allohning kalomi va hadisi sharifni oz egri yollariga moslaydigan kimsalarning talqinlariga aldanib qolmaslik kerak boladi; 

Yoshlarda turli xabarlarni tahlil eta olish, masalalarning asl mohiyatiga yetish malakasini hosil qilish. Chunki, har qanday xabar togri va xolis bolavermaydi. Bu borada bizga muhaddislarimizning hadislarni toplashda tutgan yollari bizga ornak boladi; 

Yoshlarda botil fikr va ta’limotlarga raddiya berish konikmasini shakllantirish. Buning uchun Ahli sunna val jamoa haqligi va hanafiy mazhabining motadil mazhab ekanini bilib olish zarur boladi; 

Ommaviy madaniyat tahdidlaridan saqlanish. Bunda diniy va milliy an’analarimizni yoshlar ongiga yoshligidanoq singdirish lozim.  

Xulosa qilib aytadigan bolsak, hozirgi kunda internet ham yaxshilik, ham yomonlikka birdek xizmat qilayotgan zamonda yoshlarimizni internet imkoniyatlaridan yaxshilik va yurt ravnaqi yolida xizmat qilishi va yomon taraflardan foydalanishdan ehtiyot choralarini korishdir. Yoshlar ongini chalgitishga kata e’tibor berilayotgan bir vaqtda ma’naviy boshliqni milliy goya va madaniyatlarimiz bilan toldirish hozirgi kundagi bizning asosiy vazifamiz bolib qolmoqda.

Raimov Abduvahhob 

"Hidoya" oʻrta maxsus islom 
bilim yurti 46-guruh talabasi