“Vaqf” fondi tomonidan “Hidoya” o‘rta maxsus islom bilim yurtida amalga oshirgan xayriya tadbiri
Joriy yil 9-mart kuni “Vaqf” xayriya jamoat fondi Namangan filiali tomonidan “Hidoya” o‘rta maxsus islom bilim yurtida fidokorona mehnat qilayotgan bir guruh o‘qituvchi, xodimalar va talabalarni moddiy rag‘batlantirildi.
Tadbirni bilim yurti mudiri A.Bobamirzayev ochib o‘z so‘zi davomida Davlatimiz rahbarining 2018 yil 16 apreldagi “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan, “Vaqf” xayriya jamoat fondi tashkil etildi.
Mamlakatimizda Prezidentimiz tashabbusi bilan diniy-ma’rifiy sohani rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Sohaga doir farmonning qabul qilinishi va shu asosda “Vaqf” xayriya jamoat fondi tashkil etilishi fikrimiz isbotidir. Shuni qayd etish kerakki, bu amalga oshirilayotgan ishlar farmonda belgilangan vazifalarning boshlanishi. Hali oldinda ko‘plab yirik loyihalar hayotga tatbiq etiladi. Birgina ushbu fondning tashkil etilishi aholiga katta qulaylik yaratadi. Ya’ni, innovatsion texnalogiyalar sohaga joriy qilindi. Avvallari fuqarolarimiz diniy majburiyatlarni bajarish chog‘ida ko‘plab tushunmovchiliklarga duch kelgan. Misol uchun, zakot berishni olaylik. Ular kimga va qanday tartibda zakot berish lozimligini bilmagan. Hozirda esa bu muammolarni bartaraf etish uchun fond tashkil etildi. Aholi qulay elektron tizimi orqali ham zakot va ehsonlarini ko‘rsatilgan hisob raqamlariga yuborishi va bu bilan masjid, ziyoratgoh, diniy ta’lim muassasalarini qurish va ta’mirlash ishlari, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj, shu jumladan, imkoniyati cheklangan shaxslarni moddiy-ma’naviy qo‘llab-quvvatlash hamda ko‘plab boshqa ezgu maqsadlarga o‘z hissalarini qo‘shadi.
Tadbirni davom ettirish va yordam mablag‘larini topshirish uchun “Vaqf” xayriya jamoat fondi Namangan viloyati filiali raxbari Sh.Tursunovga berdi. Notiq o‘z so‘zi davomida Ramazon oyida mehr-muruvvat ishlarini yanada kengaytirish, diniy soha xodimlarini qo‘llab-quvvatlash va kam ta’minlangan oilalarga saxovat ishlarini uyushtirish Fond oldidagi eng dolzarb vazifa ekanini ta’kidladilar. Ayniqsa, Ramazon oyi ko‘ngillarga xursandchilik ulashish mavsumi ekanini ifodalovchi keng miqyosda xayriya ishlarini amalga oshirilmoqda shu ishlar jumlasidan bilim yurtining ikki nafar jon kuyar o‘qituvchilariga 5 000 000 (besh milion so‘m) etti nafar bilim yurti jonkuyar xodimalariga 1 500 000 (bir million beshyuzming so‘m) va a’lo o‘qishi, namunali xulqi va jamoat ishlarida faol bo‘lgan ikki nafar talabalarga 3 000 000 (uch million so‘m) pul mukofotlari berildi.
Notiq o‘z so‘zi davomida kelajakda bundandan yaxshiroq mukofotlar ham rejalashtirilganini aytib o‘tib mukofotlarni o‘z egalariga berish uchun bilim yurti mudiri A.Bobamirzayevni taklif etdi.
Tadbir so‘ngida aytib o‘tilgan pul mukofotalari yozilgan sertifikatlar o‘z egalariga topshirildi.