Fikrga qarshi fikr, g'oyaga qarshi g'oya...
Dunyoning geopolitik, iqtisodiy va ijtimoiy, axborot-kommunikatsiya xaritasida jiddiy o'zgarishlar ro'y berayotgan, turli mafkuralar tortishuvi keskin tus olayotgan vaziyatda, fikrga qarshi fikr, g'oyaga qarshi g'oya, jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashish har qachongidan ko'ra muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ma'lumki, odamdagi har qanday kasallikning oldini olish yo'li, avvalo, tanada unga qarshi immunitet hosil qilishdir. Biz ham farzandlarimizni ona-Vatanga muhabbat, boy tariximizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sadoqat ruhida tarbiyalash uchun, avvalo, ularning qalbi va ongida mafkuraviy immunitetni kuchaytirishimiz zarur. Toki yoshlarimiz milliy o'zligini, shu bilan birga, dunyoni chuqur anglaydigan, zamon bilan barobar qadam tashlaydigan insonlar bo'lib yetishsin. Ana shunda johil aqidaparastlarning «da'vati» ham, axloq-odob tushunchalarini rad etadigan, biz uchun mutlaqo
begona g'oyalar ham ularga o'z ta'sirini o'tkaza olmaydi.
Yosh avlodni turli ma'naviy tajovuzlardan himoya qilish haqida so'z yuritganimizda, nafaqat xalqimiz ulug'laydigan xususiyatlar, ayni paytda uning rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadigan noma'qul illatlarni ham ochiq aytishimiz zarur bo'ladi.
Birinchi navbatda, xudbinlik va loqaydlik, millatchilik va mahalliychilik, korruptsiya va manfaatparastlik, boshqalarni mensimaslik kabi illatlardan jamiyatimizni butunlay xalos etishga harakat qilishimiz lozim. Zero, bu yomon illatlar nafaqat ayrim shaxslarning, balki butun jamiyatning tanazzuliga sabab bo'ladi.
Abdulboriyev Ibrohimjon
"HIDOYA" o'rta maxsus islom
bilim yurti 51-guruh talabasi