Яратилиш санаси 14.03.2023

Bilim yurtiga tashrif...

2023 yil 14-mart kuni bilim yurtimizda ustozlar va talabalar ishtirokida “Yoshlarimizni ilm fanga yo‘naltiraylik!” va “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzularida  tadbir o‘tkazildi. Unda o‘qituvchi  va talabalar ishtirok etdilar.   

Tadbirga O‘zbekiston Xalqaro Islom Akademiyasining FAXRIY DOKTORi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi ulamolar kengashi a’zosi, O‘MI “Qur’oni karim va tajvid” bo‘limi mudiri, Fazilatli SHayx Alijon qori Fayzulloxon maxdum o‘g‘li va O‘zbekiston musulmonlari idorasi Namangan viloyat vakili Abdulhay domla Turusnovlar tashrif  buyurdi. 

Tadbirni bilim yurti o’quv ishlar bo’yicha mudir o’rinbosari S. Madmusayev   ochib, so’zni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Namangan viloyat vakili Abdulhay domla Turusnovga berdi. 

Notiq o’z so’zida bugungi tashkil etilgan davra suhbatini maqsadi va mazmun mohiyati haqida so‘z yuritib, yurtimizni rivojlanishiga kata xissa qo’shgan Namangan viloyatida yashab ijod qilgan ustozlar va Qu’roni Karim xofizlari to’g’risida so’z yuritib, o’z so’zi davomida tashrif buyurgan mehmon bilan  tanishtirib so‘zni  O‘zbekiston Xalqaro Islom Akademiyasining FAXRIY DOKTORi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi ulamolar kengashi a’zosi, O‘MI “Qur’oni karim va tajvid” bo‘limi mudiri, Fazilatli SHayx Alijon qori Fayzulloxon maxdum o‘g‘liga berdi.

Notiq  o‘z so‘zida ma’lumki, Islom dini insonlarni ilm olishga keng targ‘ib qiladi. Payg‘ambarimiz sollalloxu alayxi vasallamga nozil qilingan dastlabki oyatlarda o‘qishga buyurilishning o‘zi xam Islom ilmu-ma’rifat dini ekanining yorqin dalilidir. Allox taolo ilmni qiyomatgacha bandalar uchun ma’rifatga erishish, xaqiqatni topish, ikki dunyo saodatiga erishish vositasi qildi. Ilmsizlik esa insoniyatni tubanlikka, xalokatga olib borishini bildirdi. Bugungi kun yoshlariga juda ko’p imkoniyatlar yaratib berilgan. Yoshlarimiz bu imkoniyatlardan oqilona va to’g‘ri foydalanishlari lozim. Lekin, ming afsuslar bo’lsinki, ba’zilarning farzandlari, xossatan, maktab yoshidagilar vaqtlarining aksarini internet va kompyuter o’yinlar klublarida xar xil nojo’ya o’yin o’ynab, insonning qalbi va imoniga zarar keltiradigan rasm va videolarni tomosha qilib va turli yo’ldan adashtiruvchi notanish kishilar bilan suxbat o‘tkazib, umrlarining oltin davrini zoya qilmoqdalar. Vaholanki, bu davrda vaqtning qadriga yetish, undan unumli foydalanish lozim ekanligini ta’kidlab o‘tdi.  

Tadbir davomida Qur’oni Karimni yodlash va uning fazilati tog’risida so’z yuritib Abu Zarr roziyallohu anhu Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan nasihat qilishlarini so‘raganida, u zot unga Qur’on o‘qishni buyurdilar. Sababi Qur’on nurdir. U banda yo‘lini yoritadi. Banda Qur’on bilan zalolat zulmatidan chiqib, hidoyat sari yuradi. Qur’on banda qalbiga nur bag‘ishlaydi. Qur’on qabrda bandaga nur bo‘ladi. Qolaversa, qiyomat kuni atrof qorong‘i bo‘lganida, Qur’on uning yo‘lini yorituvchi nur bo‘ladi. Demak, Qur’on o‘qish bilan banda ilohiy nurga erishar va tilovatdan hosil bo‘lgan savoblar uning foydasiga zahira bo‘lib borar ekan. “Zaxira” deganda hojat tushganda foydalanish maqsadida biron narsani yig‘ish, to‘plab qo‘yish  nazarda tutiladi. Umid qilamizki, Qur’on o‘qiganimiz uchun olgan ajr-savoblarimiz qiyomat kuni bizga asqotadi! Qur’on o‘qish, uni tadabbur qilish orqali banda yuksak ruhiy maqomga, ulug‘ martabaga chiqib boradi. Banda dunyodagi eng go‘zal xulqlarni aynan Qur’on o‘qish orqali biladi va ularni o‘ziga singdiradi. SHu sabab Qur’on o‘quvchi qori vazmin, bosiq bo‘lishi, agar biron kishi u bilan janjallashsa, u bilan tengma-teng kurashga kirishishi yoki ilmsizligi sabab har xil gap-so‘zlar bilan johillik qiladigan kimsalarga qo‘shilib urushishi ma’qul emas. Zero, qori qalbida Qur’on karim jo bo‘la turib bunday ishlarni qilish hech bir mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Kishi ushbu turlarning qaysinisini ma’qul ko‘rsa, o‘sha bo‘yicha Qur’oni Karimni tilovat qilishi mumkin. Tajvid ilmi ulamolari qiroatning to‘rtinchi turi sifatida tahqiqni keltiradilar. Bu Qur’onni tartildan ham sekinroq o‘qishdir. Mazkur uslub Qur’oni Karimni ta’lim berishda qo‘l keladi. Lekin  shuni unutmaslik kerakki, tahqiq bilan o‘qishda harakatlarni o‘z miqdoridan ortiqcha cho‘zish hamda ifrotga  yo‘l qo‘yish mumkin emas.

Tadbir yakunida O‘zbekiston musulmonlari idorasi xuzuridagi VAQF xayriya jamoat fondi tomonidan bilim yurtiga taqdim etilgan “Smart do’ska”  hamda kitoblar jamlanmasi topshirildi.

Tadbir yakunida  talabalar Qur’oni Karimni yodlash usullari va tartibi to‘g‘risida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan mazmunli  javob oldilar. 

Tashrif yakunida talabalarga yaratib berilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar bilan tanishdilar.

Bilim yurti matbuot xizmati