Яратилиш санаси 18.03.2023

“Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki”

O‘zbekiston musulmonlari idorasining rais o‘rinbosari J.Hamroqulovning 2023-yil 17-martdagi 813-sonli topshirg‘i ijrosi yuzasidan bilim yurtida joriy yil 18-mart kuni “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida “Umumxalq hayriya hashari” o‘tkazildi. Hashar ko‘tarinki kayfiyat va yuksak uyushqoqlik bilan tashkil etildi. Unda bilim yurtining xodim, o‘qituvchi va talabalari ishtirok etdilar.

Unda quyidagi ishlar amalga oshirildi;  
Bilim yurti xodimlari va talabalarini yig‘ib, amalga oshiriladigan ishlar haqida ko‘rsatma berildi va o‘tkaziladigan hasharni samarali va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilingan holda o‘tishini ta’minlash maqsadida bilim yurti mudarris va o‘qituvchilardan mutasaddilar tayinlandi.

Bilim yurti hovlisi supurib, sidirildi. 135 metr bardyurlar oqlandi. 

Bilim yurti binolarining ichki va tashki ko‘rinishlari jihozlandi, gullar va mevali va manzarali daraxtlar ekildi. Jumladan bilim yurti hovlisiga 40 tup manzarali daraxt va 40 tup mevali daraxtlar ekildi. 
Bilim yurti hovlisidagi mavjud 600 tup mevali, 220 tup manzarali daraxtlarga qaytadan shakl berilib, oqlandi, hamda hamda mavjud ekin maydonlariga qaytadan ishlov berildi. 

Bilim yurti darvozasining oldi qismi (ko‘cha taraf)da 200 metr bardyurlar oqlandi. Yo‘l cheti begona o‘tlardan, 150 metr ariq turli chiqindilardan tozalandi.  

Bilim yurti hovlisining orqa qismi (orqa ko‘cha taraf)da 150 metr beton devorlar oqlandi. Yo‘l cheti begona o‘tlardan tozalandi.  

Bilim yurtidagi zaruriy xonalarning sanitariya holati yaxshilandi. 

Sinf xonalari, talabalar turar joyi, axborot resurs markazi, ovqatlanish xonasi va tahoratxonalar gigiyenik holati yaxshilandi, tartibga keltirildi.  

Bundan tashqari bilim “Ma’naviyat uyi” (namozxona) devorining tashqi qismiga qaytadan ishlov berilib, zamonaviy shaklda bo‘yaldi.  

Yozgi sport maydoni (tennis kord)ning o‘yin maydonini yangilash maqsadida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.  

To‘plangan chiqindilar “Musaffo iqlim” MCHJ xodimlari yordamida chiqarib tashlandi.  
Hashar bahoriy ruh, birdamlik va bayramona kayfiyatda o‘tdi.  

Bilim yurtida atrofni obodonlashtirish ishlari davom etmoqda.

Bilim yurti matbuot xizmati 

Изоҳ қолдириш

Изоҳлар