Yoshlar tarbiyasida tarmoqlarni salbiy ta’siri, ijtimoiy tarmoqlardagi illatlarni oldini olish yo’li
Joriy yil 6-aprel kuni “Hidoya“ o‘rta maxsus islom bilim yurtida “Yoshlar tarbiyasida tarmoqlarni salbiy ta’siri, ijtimoiy tarmoqlardagi illatlarni oldini olish yo’li” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda bilim yurti mudiri A.Bobamirzayev, bilim yurti o‘qituvchilari va talabalari qatnashdilar.
Tadbirga O’zbekiston Respublikasi ma’naviyat va ma’rifat markazining namanagan viloyati bo’li rahbari, polkonik Appaqov Musohon Po’latovich tashrif buyurdi.
Tadbirni bilim yurti mudiri A.Bobamirzaev ochdi va olib bordi. Tadbirni davom ettirish uchun so‘zni O’zbekiston Respublikasi ma’naviyat va ma’rifat markazining namanagan viloyati bo’li rahbari, polkonik Appaqov Musohon Po’latovichga berdi.
Notiq o‘z so‘zida aslida internet, ayniqsa ijtimoiy tarmoqlarni tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad ilm olish imkoniyatlarini osonlashtirish, odamlarning uzog‘ini yaqin qilish, o‘zaro munosabatlarda qulaylik yaratish edi. Biroq bugungi kunga kelib, ularning vazifalari tobora kengayib, maqsadlari ham turlanib bormoqda.
Biroq, har narsaning yaxshi va yomon tarafi bo‘lganidek, so‘ngi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarning ham jiddiy xatarlari yuzaga chiqmoqda. Jumladan, ayni davrda ayrim buzg‘unchi oqimlarning internetdan o‘z g‘arazi yo‘lida keng foydalanayotgani, yoshlarni o‘z domiga tortayotgani, ayrim saytlarda behayolik, o‘z joniga qasd qilish kabi ayanchlik illatlar targ‘ib etilayotgani, ba’zi ijtimoiy tarmoqlarda turli fitnalar, jamiyatni beqarorlashtiruvchi yolg‘on ma’lumotlar berilayotganini kuzatishimiz mumkin.
Ahli ilm, imom, ulamo kishilar haqida bo‘hton uyushtiruvchi, ularni obro‘sizlantirishga urinuvchi guruhlarning ko‘pligi ulamolar, imom-domlalarni yaqindan tanimagan, ular haqida aniq ma’lumotga ega bo‘lmagan kishilar mazkur bo‘htonchi guruhlarning ta’siriga tushib, so‘zlariga ishonib, ulkan gunoh bo‘lgan – g‘iybat balosiga mubtalo bo‘lmoqdalar.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali dinimizga bo‘layotgan zararlardan yana biri – har bir yurtning peshqadam olimlarini tahqirlash, tuhmat-buhton so‘zlari bilan obro‘sizlantirish, ularni nifoqda, kufrda ayblashdir. Ularning bundan o‘ylagan maqsadlari – musulmon ommasini ilmiy rahbarsiz qoldirib, o‘zlariga ergashtirish va boshqarishdir. Ijtimoiy tarmoq orqali fikr bildirish va buning ortidan maqtov (“layk”)larni qo‘lga kiritishga urinish bugungi yoshlarini tobora o‘z domiga tortmoqda. Buning salbiy tomoni shundaki, foydalanuvchi bunday maqtov (“layk”)larni yana va yana olishni istaydi va rohatlanadi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi va giyohvand moddalarni iste’mol qiluvchini mana shu bog‘langanlik va rohatlanish hislari birlashtirib turadi.
Buning oqibatida ular virtual dunyoga butkul sho‘ng‘ib ketadilar va tashqi dunyodan uziladilar. Ijtimoiy tarmoqlarga bog‘lanib qolgan yoshlar boshqalar bilan jonli muloqotda qiynaladi, odamovi bo‘lib qoladi, do‘stlashishda adashadi, birovga hamdardlik bildirish haqida umuman bosh qotirib o‘tirmaydi. Faqat ijtimoiy tarmoqda topgan “do‘st”larining fikri bilan ish ko‘radigan bo‘lib qoladi.
Hammamiz ham yangiliklardan xabardor bo‘lish, dunyoqarashimizni o‘stirish maqsadida internet tarmoqlariga murojaat qilamiz. Muhimi – ulardan oqilona foydalansak, xususan yoshlarni aqlan va ruhan to‘g‘ri tarbiya topishida, turli yot qarashlar ta’siriga tushib qolmasliklariga xushyor bo‘lsak, maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Tadbir so‘ngida o‘qituvchi talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javob oldilar.
Bilim yurti matbuot xizmati