“Sayohat qiling - salomat bo‘lasiz”
“Hidoya” o‘rta maxsus islom bilim yurtida muhtaram Prezidentimizning yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha ilgari surgan beshta muhim tashabbus ijrosi hamda 2022-2023 o‘quv yilida o’qituvchi va xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar samaradorligini yanada oshirishga yo‘naltirilgan “Ma’naviy – ma’rifiy” tadbirlar rejasining 3-bandiga va 2022-yil davomida “Yoshlar bilan amalga oshiriladigan diniy-ma’rifiy, axborot va tashkiliy ishlar” tadbirlar rejasining 2-bandiga muvofiq bilim yurti o’qituvchi va xodimlar joriy yil 23-aprel kuni soat 09:00 da
“Sayohat qiling - salomat bo‘lasiz” mavzusida bilim yurti “Yoshlar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat bo’lim boshlig’i’’ Rivojiddin Nasritdinov va bilim yurti kasaba uyishma raisi Obidhon Ikramov boshchiligida Qo’qon shaxrining diqqatga sazovvor joylari bilan yaqindan tanishish maqsadida “O’rda” majmuasiga sayohat tadbiri tashkil etildi.
Ziyoratchilar sayohat davomida Prezidentimz SH.Mirziyoevning tashabbusalri bilan qayta ta’mirlab foydalanishga topshirilgan Qo‘qonning oxirgi xoni Xudoyorxon tomonidan 1863 yildan bosqichma-bosqich bir necha yil davomida barpo etgan "Xudoyorxon saroyi"ni, "Juma masjidi" va masjid ichidagi madrasa hamda boshqa me’moriy obidalar bilan yaqindan tanishdilar.
Sayohat davomida ziyoratchilar yurtimizning boy madaniy merosi, tarixiy obidalarimizning o‘tmishi va bugungi kuni, mintaqada yashab o‘tgan tarixiy shaxslar to‘g‘risida keng qamrovli ma’lumotlar oldilar.
Majmua bilan tanishish jarayonida o’qituvchi va xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ziyoratgoh xodimasi Abdullayeva Sayyora tomonidan javob olishdi.
“Hidoya” o‘rta maxsus islom bilim yurtida ma’naviy va ma’rifiy ruhdagi bunday tadbirlarning o‘tkazilib turilishi o’qituchi va xodimlarning o‘tmish tariximizni yaxshiroq o‘rganishiga, hozirgi oydin hayotimizga shukronalik hamda buyuk kelajagimizga ishonch tuyg‘ularining shakllanishiga asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
Bilim yurti matbuot xizmati