Яратилиш санаси 29.04.2023

“Eng yaxshi kitobxon”

“Hidoya”o‘rta maxsus islom bilim yurti Yоshlar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat”  bo‘limi boshlig‘ining 2022-2023 o‘quv yili uchun tuzilgan ish rejasining  6-bob 42 bandi “Buyuk allomalar, adib va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng o‘rganish va targ‘ib qilish maqsadida dinii ta’lim bilim yurti talabalari o‘rtasida kitobxonlik tanlovlarini tashkil etish” yuzasidan  Joriy yil 27-aprel kuni  bilim yurti talabalar o‘rtasida  «Eng yaxshi kitobxon» tanlovining saralash bosqichi o’tkazildi.  Saralash bosqichida bilim yurti talabalaridan 8 nafar talbalar musobaqada qatnashdilar. 

Tanlovni shaffoflik bilan o‘tkazish maqsadida baxolash uchun Namangan Davlat universitetidan bir gurux mutaxassislar jalb etildi. Tanlovni bilim yurti “Yoshlar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat”  bo‘limi boshlig‘i  R.Nasritdinov ochdi va olib bordi. 

Tanlovni davom ettirish uchun so‘zni bilim yurti mudiri A.Bobamirzaevga berdi. Notiq o‘z so‘zi davomida Barchamizga ma’lumki, so’nggi yillarda  yurtimizda barcha sohalar qatori kitobxonlikka ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada muhtaram yurtboshimizning quyidagi “kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish, targ’ibot qilish asosiy vazifamizdir” , degan so’zlari  ham biz kitobxon yoshlarni quvontirmay qolmaydi.  Mana shu so’zlarning amaliy isboti sifatida O’zbekiston Musulmonlari idorasining 2023-yil 31-martdagi 01A/43-sonli buyrug’i “Eng yaxshi kitobxon” tanlovini tashkil etish va o’tkazish to’g’risidagi topshirig’iga asosan bugun bilim yurtida yig‘ilib turibmiz deb ishtirokchilarga omadlar tilab tanlovni ochiq deb e’lon qildi. 

Tanlovni shartlari to‘g‘risida tushuntirish uchun so‘zni xakamlar xay’ti raisi Namangan Davlat universiteti filologiya fanlari nomzodi, dotsent  Sulaymonov Mo’minjon Yusubjonovichga berdi. Notiq o‘z so‘zida tanlovni shartlari va baxolash me’zonlari to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tdi.

Tanlov so‘nggi shartlargacha qizg‘in o‘tib, ishtirokchilar ichidan faol qatnashib, eng yuqori ball to‘plagan 3 nafar talaba g‘olib deb topildi:

1-o‘rin. 1-kurs talabasi G‘ofurov SHohruxbek. (173 ball)

2-o‘rin. 3-kurs talabasi Habibullaev Karimullox. (165 ball)

3-o‘rin. 4-kurs talabasi Mahmudjanov Quvonchbek. (138 ball)

Ularni munosib ishtiroklari uchun maxsus sovg‘alar, pul mukofoti hamda ta’lim muassasasi diplomi bilan taqdirlandi:

1-o‘rin: Bilim yurti  tomonidan birinchi darajali diplom va “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan 4 mln. so‘m pul mukofoti.

2-o‘rin: Bilim yurti  tomonidan ikkinchi darajali diplom va 3 mln. so‘m pul mukofoti.

3-o‘rin: Bilim yurti  tomonidan  uchinchi darajali diplom va 2 mln. so‘m pul mukofoti.

«Saralash bosqichi» bo‘yicha 1-o‘rinni egallagan ishtirokchi G‘ofurov SHohruxbek tanlovning Respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Ushbu tanlovda ishtirok etgan, yuqori o‘rinni qo‘lgan kiritgan barcha talabalarimizni tabriklaymiz. Hamda, kelajakdagi faoliyatlarida bundan ham yuqori zafarlar tilab qolamiz.