Hanafiylar va Shofei'iylarda nikohdagi mahr masalasi
Imom Shofei'iy rohimahullohga ko’ra, nikohdagi mahr miqdori shariat tomonidan belgilanmagan bo’lib, uni er va xotin xuddi baydagi sotuvchi va xaridor kabi o’zaro kelishuv asosida belgilaydilar. Biz hanafiylarda esa, nikoh oddiy bir aqd emas, balki shar'iy bir ibodat bolib, undagi mahr miqdori Alloh taola tomonidan belgilab qo’yilgan:
"Ularga juftlari va qo‘llari ostidagi mulk(cho‘ri)lari haqida nimani farz qilganimizni bilurmiz" (Ahzob surasi, 50-oyat). Ammo ushbu oyatda uning qanchaligi aytilmagan.
Ma'lumki, usulul fiqh fani qoidalariga ko’ra, agar oyat yuqoridagi kabi miqdor haqida mujmal bolsa, uni sunnat bayon qilib beradi. Shunga ko’ra sunnatga murojaat qilsak, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: ”O’n dirhamdan kam mahr yo’qdir", deganlarini topamiz. Demak shariat tayin qilgan mahrning eng kam miqdori o'n dirham bolib, uning ko’piga esa, chegara belgilanmagan.
Pattayev Musoxon
“Hidoya” o'rta maxsus
islom bilim yurti talabasi