Bilim yurtida davra suhbati...
Joriy yil “Hidoya“ o‘rta maxsus islom bilim yurtida “Mutaassib guruhlar ta’siriga berilishning psixologik asoslari va ularni sog’lom hayot tarziga qaytarish uslublari” mavzusida davra suhbati bo'lib o‘tdi. Davra suhbatida yuridik fanlar nomzodi dotsent, sobiq podpolkonik Sattiyev Ibrohimjon Abdullajanovich, “Hidoya” o‘rta maxsus islom bilim yurti o‘qituvchilari va talabalari qatnashdilar.
Davra suhbatini bilim yurti o’quv ishlar bo’yicha mudir o’rinbosari S.Madmusayev ochdi va olib bordi.
Tadbirida so‘z olgan yuridik fanlar nomzodi dotsent, sobiq podpolkonik Sattiyev Ibrohimjon Abdullajanovich hozirgi davrda globallashuv jarayoni tobora kengayib bormoqda va bu jahon siyosiy makonning yangicha ko‘rinishi va taraqqiy etishiga ta’sir qildi. Jahon siyosiy makonida davlatlarning global rivojlanishi bu avvalambor, dunyoning barcha davlatlari va xalqlarining siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik, psixologik jihatdan birgalikdagi yangicha taraqqiyotidir. Globallashuv sharoitida avj olgan muammolarning yechimi hamkorlikdagi harakatlarni talab qilmokda.
Hozirgi kunda aholi ongiga chetdan kirib kelayotgan har turdagi axborotlar tez sur’atlarda ta’sir etmokda. Axborot- xavfsizlik tushunchasi ana shu tarzda ma’naviy-axloqiy mezonga aylanadi. Erkin shaxs va ozod kishilik jamoasi bo‘lgan fuqarolik jamiyati sharoitida axborot xavfsizlikning o‘ziga xos tizimlari shakllanmog‘i lozim. Bu bevosita OAV faoliyati va unga xizmat qiladigan axborot oluvchi, saqlovchi va tarqatuvchi xodimlarning siyosiy saviyasiga, kasb mahoratiga, eng muhimi fuqarolik pozitsiyasiga, jamiyat ishiga dahldorlik tuyg‘usiga bog‘liq.
Xalq ongini yot mafkura, buzg‘unchi g‘oyalardan saqlash muhim. O‘zbekiston xalqini vatanga muhabbat va sodiqlik ruhida tarbiyalashda o‘tmish o‘tgan davr va o‘lmas iz qoldirgan tarixiy shaxslarni ilmlaridan foydalanish ulardan g‘ururlanish hissini uyg‘otish kerak. Jamiyatda birdamlik, bag‘rikenglik g‘oyalari keng targ‘ib etilishi ham, o‘zbek xalqining milliy mintaliteti jamoa bo‘lib yashashga, yelkadoshlikka asoslanishida milliy urf-odat va an’analarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi maqsadga muvofiqdir.
SHunday qilib, globallashuv sharoitida aholining yot g‘oyalarga ergashib ketishi, ularga qing‘ir ishlarning jiddiy oqibatlari, javobgarligi va xuquqiy asoslari haqida mukammal tushunchalar berish, bu borada targ‘ibot ishllarini yanada kengroq olib borishimiz lozim .
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston qator informatsion xurujlarni boshidan kechirdi. Vahhobiylar yoki Hizb-ut-tahrir va soxta salafiylik oqimi vakillari bilan haqiqiy musulmonlar o‘rtasidagi farq bugun yaqqol yuzaga chiqqan. Bu ham aholining ma’lum qatlamini xalqdan ajralib qolganini, ular bilan ijtimoiy munosibatlarga kirishishda ayrim noqulaylikni keltirib chiqarishi O‘zbekiston rahbariyatining ijtimoiylashuv sohasida ayrim islohatlarni olib borishiga olib keldi.
Har kuni gazeta va televideniyeda jixod qilish orqali zo‘ravonlik va bosqinchilik xabarlariga guvoh bo‘lmoqdamiz. Insonlarning hayotiga zomin bo‘layotgan bu harakatlar ko‘rinishda har xil sabablar tufayli amalga oshayotgan bo‘lsa-da, natijasi musulmonlarning zarariga bo‘lmoqda.
Islom dunyosidagi sodir bo‘layotgan ushbu harakatlarning so‘zda Islom nomidan qilinayotgani eng achinarli hol ekaniga shubha yo‘q. Qo‘liga qurol yoki pichoq olib, tavhid kalimasini aytgan holda begunoh bir jonga qasd qilish holatlarini shariat nuqtai nazaridan yechish mas’ul kishilar oldida turgan muhim vazifalardandir.
Bu holatlarni shariat tarozisiga solib ko‘rsak, mashru’ harakat emasligi o‘rtaga chiqmoqda. Qo‘liga qurol olib, dushman guruhlarga qarshi hujum qilish qarorini olishni shaxslarning tashabbusiga tashlab qo‘yib bo‘lmaydi. Musulmonlar maskan tutgan yerlar dunyoning har qanday joyidan ko‘ra eng yaxshi xalovat, xavfsizlik va osoyishtalik ta’min etilgan yerlar bo’lishi kerak. Islom dini buzg‘unchilik emas, osoyishtalikni maqsad qiladi. Begunoh va ma’sum insonlarning jabrlanishiga olib keladigan terror unsurlarini o‘z ichiga olgan butun harakatlar shariatga ziddir.
Tadbir davomida bilim yurti o’qituvchisi A.Sultonmahmudov o’zini ilm olishlik uchun Misr arab respublikasiga qilgan safarini salbiy oqibatlarini so’zlab talabalarga yurtimizda yoshlarga yaratilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanish zarurligi, yurtimizda ham shu ilmlarni egallasa bo’lishligi va ne’matlarni qadriga yetishlikni ta’kidlab o’tdi.
Tadbir so’ngida o’qituvchi talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar oldilar.
Bilim yurti matbuot xizmati