Яратилиш санаси 15.05.2023

Qubo masjidi

Islomda o'zining buyuk va mashhur tarixiga ega “Qubo" masjidi haqida sòz ketar ekan musulmonlar orasida bu muborak masjid taqvo ustiga qurilgan masjid degan nom bolan ham mashhurdir.

Bu masjid Islom tarixida qurilgan birinchi masjid hisoblanadi va aynan shu masjidda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalari bilan ilk jamoat namozini òqiganlar. 

Bu masjidning “Qubo” deb nomlanishiga sababi u aynan Madinai munavvaradan 6-7 kilometr uzoqlikdagi Qubo qishloģida joylashgani sababidandir. Ibn Umar Roziyallohu anhumodan kelgan hadisda: 

كَانَ النَّبِيُّ صَلَّى الله عَلَيهِ وَسَلَّمَ يَأتِي مَسْجِدَ قُبَاءٍ كُلُّ سَبْتِِ. مَاشِيََا وَرَاكِبََا وَكَانَ عَبْدُاللهِ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ يَفْعَلُهُ

''Nabiy sollallohu alayhi vasallam ''Qubo'' masjidiga har shanba kuni ulovda yoki piyoda kelar edilar''  deyilgan.

Pattaev Musoxon 

“Hidoya” o'rta maxsus 
islom bilim yurti talabasi