Яратилиш санаси 06.06.2023

Bilim yurtida "Xatmona - 2023" boʻlib oʻtdi...

2023 yilning 6 iyun kuni bilim yurtida 2022-2023 o‘quv yili bitiruvchilarini kuzatishga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. 

Xatmonaga viloyatdagi yoshi ulug‘ keksa otaxonlar hamda bitiruvchi talabalarni otalari taklif etildi. 

Tadbirni bilim yurti  o‘qituvchisi Rustamjon Dadajanov ochdi va olib bordi. 

Bilim yurti mudiri Abdulaziz Bobamirzaev so‘z olib, tashrif buyurgan mehmonlar va bitiruvchilarni tantana bilan samimiy muborakbod etdi hamda anjumandan ko‘zda tutilgan asosiy maqsadlar, bilim yurtining 2022-2023 yil faoliyati, bilim yurtida erishilgan yutuqlar yuzasidan alohida to‘xtalib, yurtimiz istiqlolga erishgan ilk yillardan har sohada bo‘lgani kabi muqaddas dinimiz va diniy qadriyatlarga ham alohida e’tibor qaratilayotganligi, muhtaram yurtboshimizning odilona siyosatlari bilan asrlarga tatigulik ishlar amalga oshirilayotganligini ta’kidlab o‘tdi. 

So‘ng so‘z olgan O‘zbekiston musulmonlari idorasining Namangan viloyatidagi vakili  Abdulhay Tursunov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy hazratlari nomlaridan barchani  tadbir bilan muborakbod etdi. 

Diniy ilmlarni o‘rganish uchun keng yo‘l ochib berilgani uchun O‘zbekiston Respublikasi  Prezidenti va hukumatiga o‘z minnatdorchiliklarini izhor etdi.  

SHuningdek xatmona tadbirida 2022-2023 o‘quv yili yakunlariga bilim yurti faoliyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi va o‘z faoliyatida yuqori ko‘rsatkichlarga  erishganligi uchun bilim yurtining talabalariga tashakkurnoma hamda a’lo o‘qishi va namunali xulqi, jamoat ishlarida faol ishtirok etgan talabalarga bilim yurtining maqtov yorlig‘i va esdalik sovg‘alari, hamda bilim yurti rahbariyati tomonidan otalariga tashakkurnoma topshirildi. 

SHundan so‘ng xatmona tadbirida Qur’on tilovat qilindi yakunida duoi xayrlar qilindi. 

So‘ng barchani hatmona dasturxoniga taklif etildi. Bitiruvchi talabalar nomidan  Abdurashidov Abduvahhob so‘z olib, ta’lim bergan ustozlariga minnatdorchilik bildirib, bitiruvchi talabalar nomidan o‘tgan ajdodlarimizga munosib voris bo‘lgan holda yurt tinchligi, vatan ravnaqi, xalq manfaati va muqaddas dinimiz rivoji yo‘lida bundan ziyoda yutuqlarni qo‘lga kiritishga harakat qilishlarini bildirdilar. 

 

Tadbir so‘ngida bilim yurtida dars  jarayonlarida  a’lo baholari va namunali  xulqi uchun 10 nafariga hamda bilim yurti jamoat ishlarida o‘zlarini beminnat xizmatlarini ayamagan 15 nafariga xamda yagona olimpiada Respublika bosqichida faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan Mamirov Abdulazizga, O‘MIning Namangan viloyatidagi vakililigi va bilim yurtining maqtov yorlig‘lari, diplomlari va pul mukofotlarini  O‘zbekiston musulmonlari idorasi Namangan viloyatidagi vakili, ustoz  Abdulhay Tursunov boshchiligida sovg‘alar topshirildi.  

Bilim yurti matbuot xizmati 

Изоҳ қолдириш

Изоҳлар